platina.uz
Jahon

Pokiston Afgʻoniston poytaxtiga hujum qildi: "Tolibon" 400 kishi halok boʻlganini aytdi

Afgʻoniston rasmiylari giyohvandlarni davolash markaziga zarba berilganini bildirgan. Pokiston esa buni inkor etdi. 

Pokiston Afgʻoniston poytaxtiga hujum qildi: "Tolibon" 400 kishi halok boʻlganini aytdi

Afgʻoniston rasmiylari Pokiston kuchlari 16 mart kuni Kobulda havo hujumlarini amalga oshirganini daʼvo qilishdi.

"Tolibon" hukumati vakili Zabihulla Mujohid hujumni "jinoyat va gʻayriinsoniy harakat" deb atadi, deb xabar beradi AFP.

Associated Press xabariga koʻra, Afgʻoniston rasmiylari giyohvandlarni davolash markaziga zarba berilganini daʼvo qilmoqda. Afgʻoniston rasmiylarining maʼlumoti boʻyicha kamida 400 kishi halok boʻlgan va taxminan 250 kishi yaralangan.

CNN xabariga koʻra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida sodir boʻlgan. 2000 oʻringa moʻljallangan binoning katta qismi vayron boʻlgan.

Pokiston bu ayblovlarni rad etib, ularni "yolgʻon va chalgʻituvchi" deb atadi. Axborot vazirligi bayonotida hujumlar faqat harbiy inshootlar va terrorchilarni qoʻllab-quvvatlash infratuzilmasini, jumladan, Afgʻonistondan faoliyat yuritayotgan Pokiston jangarilari bazalarini nishonga olgani aytilgan.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi mojaro 22 fevral kuni Pokiston "Tehrik-e-Tolibon" pozitsiyalariga hujum qilganidan keyin avj oldi. Bir necha kundan soʻng, 2021 yildan beri Afgʻonistonni boshqarib kelayotgan "Tolibon" harakati Pokistonning chegara viloyatlarida hujum boshladi.

Bunga javoban Islomobod Tolibonga qarshi "ochiq urush" eʼlon qildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid