platina.uz
Jamiyat

Oʻzga davlatdagi harbiy toʻqnashuvlarda ishtirok etishga targʻib uchun javobgarlik belgilanadi

Fuqarolarning qadr-qimmatini telekommunikatsiya tarmoqlari va internet orqali tahqirlash ham jazolanadi. 

Oʻzga davlatdagi harbiy toʻqnashuvlarda ishtirok etishga targʻib uchun javobgarlik belgilanadi

Oʻzga davlatdagi harbiy toʻqnashuvlarda ishtirok etishga targʻib qilish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

Qonunchilik palatasi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan — “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasining asosiy maqsadi jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, yangi turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqbuzarliklar uchun javobgarlik mexanizmlarini aniq belgilashdan iborat.

Loyiha bilan uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, haqoratomuz harakatlarni yoki fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda sodir etish uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etilmoqda. Bu orqali axborot makonida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash koʻzda tutilgan.

Shuningdek, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvlar yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishni targʻib qiluvchi mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ham maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

Shu bilan birga, shaxsning oʻzi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni targʻib qiluvchi materiallarni ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmoqlarida tarqatish uchun javobgarlik nazarda tutilyapti.

Mazkur normalar huquqbuzarliklarni ommalashtirish va ularga taqlid qilish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid