"Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qoʻlga olindi
U xususiy bogʻchada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha chiqarilgan jarima boʻyicha yordam berish evaziga pul talab qilgan.

"Energosavdo" muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar talab qildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning "Energosavdo" filiali Fargʻona boʻlinmasi muhandisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, Oʻzbekiston tumanida yashovchi, 1962 y.t. fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bogʻchada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma yuzasidan hisoblangan jami 1,8 mlrd soʻm jarima summasini 210 mln soʻmga tushirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda muhandis soʻralgan pul mablagʻidan 9 ming AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda FVB xodimi ushlangandi.
