Ulugʻ kunlarda Oʻzbekiston Eronga yordam yubordi
Yuk tarkibida un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yogʻi, konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar bor.

Oʻzbekiston hukumati Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yogʻi, konservalar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar bor boʻlgan insonparvarlik yuki Eron tomoniga yetkazildi.
Insonparvarlik yuklarini qabul qilib olishda Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtaba Ruzbexani ishtirok etdi.

Tadbir davomida rasmiylar Eron xalqiga koʻrsatilgan insonparvarlik yordami va yuksak eʼtibor uchun Oʻzbekiston Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Ular mazkur tashabbusni ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash anʼanalarining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladilar.
