platina.uz
Jamiyat

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Sunʼiy ongga asoslangan yechimlar yoki qarorlar doim toʻgʻri boʻlmasligi yoki tavsiyaviy xarakterga ega boʻlishi belgilanadi. 

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Sunʼiy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi.

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 3787, 14.03.2026 y.).

Ushbu hujjat bilan sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlaridan foydalanishda quyidagi etika tamoyillari belgilanmoqda:

- qonuniylik;

- shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilishning ustuvorligi;

- tushunarlilik;

- masʼuliyat, javobgarlik va nazorat;

- adolatlilik va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;

- ochiqlik va shaffoflik;

- maʼlumotlar himoyasi;

- ishonchlilik va xavfsizlik.

Quyidagi qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanmaslik talabi belgilanmoqda:

- inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlar;

- sogʻliqni saqlash (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar) va boshqa sohalardagi qarorlar.

Sunʼiy intellekt texnologiya va tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi foydalanuvchilarga:

- ulardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi, -sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar yoki qarorlar doim toʻgʻri boʻlmasligi;

- ularning natijalaridan tavsiyaviy yoki maʼlumot uchun foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot berishi lozim.

Shu bilan birga, qoidalarda sunʼiy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid