platina.uz
Jamiyat

“Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

U “Beruniy-Toʻrtkoʻl” A380-sonli magistral yoʻl qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan. 

“Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Yoʻl qurilishi sohasida noqonuniy holat fosh etildi.

“Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri davlat muassasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali mansabdor shaxsi pora bilan ushlandi. U xizmat mavqeidan foydalangan holda, qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi MChJga oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Beruniy-Toʻrtkoʻl” A380-sonli magistral yoʻl qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini MChJ rahbaridan olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid