Boʻkada soliq inspektori oʻz xizmat xonasida ushlandi
U paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermerning ishonchiga kirib, soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirib berish evaziga pul talab qilgan.

Toshkent viloyatida soliqchi qoʻlga tushdi.
Toshkent viloyati Boʻka tumani Soliq inspeksiyasi bosh inspektori oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbarining ishonchiga kirgan. U mazkur xoʻjalikning soliq organlaridan mavjud boʻlgan 165,6 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzdorligini toʻlash muddatini viloyati soliq boshqarmasidagi hamkasbi orqali uzaytirib berish evaziga 10 mln soʻm talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u soʻralgan pul mablagʻini oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan bosh inspektorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avval Qoraqalpogʻiston va Jizzaxda hokimiyat bosh mutaxassislari qoʻlga olingandi.
Zarbdor tumani hokimligi mansabdori davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali auksion savdoda yutib, rasmiylashtirib berish evaziga pora olgan.
