platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi yana bir savdo markazida yongʻin roʻy berdi

Shayxontohur tumanidagi Park in Mall oilaviy koʻngilochar savdo markazidagi yongʻinda jarblanganlar va qurbonlar yoʻq.  

Toshkentdagi yana bir savdo markazida yongʻin roʻy berdi

15 mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov koʻchasida joylashgan Park in Mall oilaviy koʻngilochar savdo markazida yongʻin roʻy berdi.

Markazning 3-qavatida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga koʻra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga yetib borib, yongʻin oʻchirildi.

Yongʻin oqibatida jarohatlanganlar yoʻq. Aytilgan manzilda Park in Mall oilaviy koʻngilochar savdo majmuasining 3-qavati 25 kv.m maydoni yonib zararlangani aniqlandi. Yongʻin hududi taʼmirlanayotgan boʻlgan.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarda.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Toshkentdagi "Aviator" savdo markazida yongʻin roʻy bergan va bir kishi halok boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid