Toshkentda 80 ta korxonaning shubhali operatsiyalari tekshirilyapti
11 ta korxona majburiy tartibda QQS toʻlovchisi sifatida shakllangan boʻlsa-da, QQS guvohnomasi mavjud emasligi aniqlangan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasida oʻtkazilgan tahlillar natijasida bir nechta korxonaga rahbarlik qilayotgan shaxslar hamda ular bilan bogʻliq shubhali faoliyat holatlari aniqlangan.
Aniqlanishicha, boshqarmada roʻyxatda turgan 176 ta korxonada 82 nafar jismoniy shaxs rahbar sifatida faoliyat yuritmoqda. Ushbu shaxslar rahbarlik qilayotgan boshqa korxonalar orasida ham shubhali faoliyat belgilari mavjudligi qayd etildi.
2026 yil 11 mart holatiga koʻra:
- 84 ta korxonaning QQS maxsus guvohnomasi vaqtincha toʻxtatilgan.
- Bunga korxonalar tomonidan amalga oshirilgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmagani sabab boʻlgan.
- 11 ta korxona majburiy tartibda QQS toʻlovchisi sifatida shakllangan boʻlsa-da, QQS guvohnomasi mavjud emasligi aniqlangan.
- 1 ta korxonaning QQS maxsus guvohnomasi bekor qilingani maʼlum boʻlgan.
Shu bilan birga, tahlil qilingan 176 ta korxonaning 80 tasida QQS maxsus guvohnomasi faol holatda boʻlgan.
Hozir mazkur 80 ta korxona faoliyatida amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar)ning xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmaganligi holatlari yuzasidan boshqarma xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.
