platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi qoʻlga olindi

U Jizzax shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan xarid qilinayotgan elektron doskalar boʻyicha oʻtkazilayotgan tender boʻyicha pora olayotgandi ushlangan. 

Jizzaxda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi qoʻlga olindi

Bosh prokuratura hamda Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Aniqlanishicha, 2026 yil 14 mart kuni “Ozod U” MChJ ish yurituvchisi D.Z. ariza bilan murojaat qilgan. U tanishi O.X. tomonidan Jizzax shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan xarid qilinayotgan elektron doskalar boʻyicha oʻtkazilayotgan tenderda mazkur jamiyatning gʻolib boʻlishi uchun sharoit yaratib berish evaziga 85 mln soʻm pul talab qilinayotganini maʼlum qilgan.

2026 yil 15 mart kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida O.X. arizachi D.Z.dan 85 mln soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, ushbu mablagʻning 30 mln soʻmi Departamentning Paxtakor tumani boʻlimi xodimi B.P.ga berilishi belgilangani aniqlangan.

Tadbir davomida Departamentning Paxtakor tumani boʻlimi xodimi B.P. fuqaro O.X.dan 30 mln soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid