platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

Akademiya qishloq xoʻjaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yoʻnalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi muassasa sanaladi. 

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi.

“Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–40-son, 13.03.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Akademiya qishloq xoʻjaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yoʻnalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi, agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

Qishloq xoʻjaligi, yer munosabatlari bilan bogʻliq islohotlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda Akademiyada ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Akademiyada quyidagi unvonlar berish tartibi joriy qilinadi:

- yosh akademik;

- Akademiya professori;

- Akademiyaning muxbir aʼzosi;

- Akademiyaning haqiqiy aʼzosi (akademik);

- Akademiyaning xorijiy aʼzolari.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid