platina.uz
Jamiyat

Yoʻllardagi noqonuniy qazish ishlari masofadan aniqlanadi

Bu jarayonda sunʼiy yoʻldoshlar va aerokosmik texnologiyalardan foydalaniladi. 

Yoʻllardagi noqonuniy qazish ishlari masofadan aniqlanadi

Yoʻllardagi noqonuniy qazish ishlari masofadan aniqlanadi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi buyrugʻida maʼlum qilingan.

Noqonuniy qazish ishlari endilikda sunʼiy yoʻldoshlar va aerokosmik texnologiyalar yordamida masofadan turib aniqlanadi. Ushbu jarayon "Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar" agentligi ("Oʻzbekkosmos") bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

2026 yilning fevral oyidan boshlab hududlardagi barcha yoʻllarda doimiy masofaviy kuzatuv va qoidabuzarlarga nisbatan chora koʻrish tizimi ishga tushdi.

Ushbu tizim yoʻl qoplamalarining asossiz shikastlanishini oldini olish va davlat mulkini muhofaza qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi belgilangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid