platina.uz
Jamiyat

Toshkentda turli maqsadlar uchun byudjetdan 6 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

​Yashnobod tumanidagi maktabga ochiq sport maydoni qurilishiga 1 mlrd soʻm beriladi. 

Toshkentda turli maqsadlar uchun byudjetdan 6 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

Toshkentda turli maqsadlar uchun byudjetdan 6 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi.

Bu haqda Xalq deputatlar Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori eʼlon qilindi. Qaror 2026 yil 12 mart kuni eʼlon qilingan.

Ajratilgan mablagʻlar hisobidan quyidagi muhim loyihalar amalga oshiriladi:

-​Yashnobod tumanidagi 23-maktabda ochiq sport maydoni quriladi (1 mlrd soʻm beriladi);

-Olmazor tumanidagi 185-maktabning oʻquv binolari, sport va faollar zali, isitish tizimi taʼmirlanadi va Qoraqamish 1/3 dahasida futbol maydoni quriladi (985,1 mln soʻm).

-Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 525-sonli bogʻchaning sport maydonchasi va suv havzasi taʼmirlanadi (447,7 mln soʻm beriladi).

Shuningdek, ​Chilonzor tumanidagi "Chilonzor" MFY hududida bolalar maydonchasi taʼmirlanadi (500 mln soʻm ajratiladi).​Shayxontohur tumanidagi 7 ta mahallada (Charxnovza, Katta Oqtepa va boshqalar) qurilish-taʼmirlash ishlari olib boriladi (997,2 mln soʻm).

​Mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga(I. Naimov) va qaror ijrosi Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklatilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid