platina.uz
Jamiyat

Qarshi shahri murojaatlar bilan ishlash boʻyicha namunali hududga aylantiriladi

Bu jarayonda shahar hokimiga viloyat rahbari, uning oʻrinbosarlari, viloyatdagi tashkilotlar boshliqlari yaqindan koʻmaklashishi belgilandi. 

Qarshi shahri murojaatlar bilan ishlash boʻyicha namunali hududga aylantiriladi

Qarshi shahri murojaatlar bilan ishlash boʻyicha namunali hududga aylantiriladi.

Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga nafaqa boʻyicha 877 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur masalada murojaat qilgan ayollarning muammosini faqat nafaqa toʻlash nuqtai nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.

Shahar hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan 309 nafar ayolning farzandini bogʻchaga joylashtiradi. Hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan 82 nafar ishsiz ayolni kasbga oʻqitib, mahallaning oʻzida ishlashiga sharoit qilib beradi.

159 nafar yolgʻiz onalarning 90 nafariga tadbirkorlikni boshlash uchun, yana 69 nafariga esa faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit olishga koʻmaklashiladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan 34 nafar nogironligi bor odamga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Qarshi shahri hokimiga har bir ariza va shikoyatni mana shunday tahlil qilib, masʼullariga taqsimlab, birinchi yarim yillikda shaharni murojaatlar bilan ishlash boʻyicha namunali hududga aylantirish topshirildi. Bu jarayonda unga viloyat hokimi, uning oʻrinbosarlari, viloyatdagi tashkilotlar rahbarlari yaqindan koʻmaklashishi belgilandi.

Umuman, barcha hududlar va 208 ta tuman-shahar hokimlariga Qarshi shahri misolida aytilgan tizimni samarali yoʻlga qoʻyib, odamlarning ogʻirini yengil qilish vazifasi qoʻyildi. Ular bu boradagi ish rejasini har oy mahalliy Xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlatib, aholiga murojaat qiladi.

Xuddi shunday barcha vazirlar ham oʻz sohasida boʻlayotgan eʼtirozlarni kamaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlab, brifing oʻtkazadi va rejalarini odamlarga yetkazadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid