platina.uz
Siyosat

Prezident odamlar bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul oʻtkazdim deb yurgan hokimlarni tanqid qildi

Bu holat Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Boʻstonliq tumanlari, Angren, Gʻozgʻon shaharlarida kuzatilgan. 

Prezident odamlar bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul oʻtkazdim deb yurgan hokimlarni tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Mamlakatda har oʻn ming kishiga oʻrtacha 319 ta ariza va shikoyat toʻgʻri kelayotgani qayd etildi.

Lekin bu koʻrsatkich Toshkent shahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qashqadaryoda 368 ta, Toshkent viloyatida 350 tani tashkil qilmoqda.

Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron va Yangiyer shaharlarida har oʻn ming aholiga toʻgʻri keladigan arizalar soni boshqa tumanlardan 2 barobar yuqori ekani koʻrsatib oʻtildi.

Yoki murojaatlar soni respublikada 16 foizga kamaygani bilan Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqalʼa tumanlari, Namangan shahrida oldingi yildan 50 foizgacha oshgan.

Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Boʻstonliq tumanlari, Angren, Gʻozgʻon shahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul oʻtkazdim deb yurgani tanqid qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid