Navroʻz bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?
Haftasiga 5 kun ishlovchilarga Navroʻz bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam beriladi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi oʻzbekistonliklar Navroʻz bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi.
Ramazon hayiti qaysi kuni boʻlishi hali rasman eʼlon qilinmadi, ammo 20 mart juma kuniga toʻgʻri kelishi ehtimoli katta.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kunlari:
- 20 mart — juma, Ramazon hayiti (katta ehtimol bilan);
- 21 mart — shanba, Navroʻz bayrami;
- 22 mart — yakshanba;
- 23 mart — dushanba (koʻchirilgan dam olish kuni);
- 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 24 mart — seshanba ish kuni hisoblanadi.
6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kunlari:
- 20 mart — juma, Ramazon hayiti (katta ehtimol bilan);
- 21 mart — shanba, Navroʻz bayrami;
- 22 mart — yakshanba;
- 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 23 mart — dushanba ish kuni hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 8 mart bayrami sabab ketma-ket uch kun dam olish berilgandi.
