platina.uz
Jamiyat

Ichki ishlar xodimlari qoʻpol muomalasidan shikoyat koʻpaygan

Oʻtgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar boʻyicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Ichki ishlar xodimlari qoʻpol muomalasidan shikoyat koʻpaygan

Oʻtgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar boʻyicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qoʻpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ortgan.

Tizim masʼullari har ming kishiga nisbatan eng koʻp ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Fargʻona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish boʻyicha oʻqitishi shartligi topshirgan.

Shuningdek, yigʻilishda turli sabablar bilan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgani tanqid ostiga olingan.

"Bu bolasini bogʻcha va maktabga joylashtirishda guvohnoma soʻralgani uchun majbur boʻlib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?” deya savol qoʻygan davlat rahbari.

Adliya vazirligiga ushbu masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid