platina.uz
Jamiyat

Ertadan metan zapravkalar bosqichma-bosqich ochiladi

Bugun shoxobchalar faqat ijtimoiy soha obʼektlariga xizmat koʻrsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi. 

Ertadan metan zapravkalar bosqichma-bosqich ochiladi

Ertaga, 14 mart kunidan boshlab metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklana boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Shoxobchalarning ish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Bugun metan zapravkalar faqat ijtimoiy soha obʼektlariga xizmat koʻrsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.

Eslatib oʻtamiz, 10 martdan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilgandi.

Bunga Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi sabab boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid