Angrenda voyaga yetmagan qizni zoʻrlagan shaxslarga hukm eʼlon qilindi
Ish yopiq tartibda koʻrildi. Aybdorlar 7,5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.

Angren shahrida voyaga yetmagan qizni zoʻrlagan shaxslarga sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudida S. Q. (2006 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan), Z. U. (2004 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan), D. Oʻ. (2004 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan) va A. U. (2003 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan)ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq S. Q., Z. U., D. Oʻ. va A. U. voyaga yetmagan S. Ya. (qiz bola, 2010 yilda tugʻilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topildi.
-S. Q. (jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish)ga asosan 10 yil,
-Z. U.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 12 yil,
-D. Oʻ.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil 6 oy,
-A. U. (II-guruh nogironi)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.
