platina.uz
Jamiyat

Alimentdan qochib, daromadini yashirganlarga qarshi "ov" boshlanadi

Aliment toʻlamaslik yoki daromadiga nisbatan kam summa toʻlash uchun haqiqiy daromadini yashirish avj olib ketgandi. Bunga hatto madaniyat sohasi vakillari ham oʻrganib olgandi.

Alimentdan qochib, daromadini yashirganlarga qarshi "ov" boshlanadi

Qarshi shahridagi 255 nafar odam aliment toʻlashdan boʻyin tovlab yurganining sabablari oʻrganilganda ularning 193 nafari kasb-hunari bor boʻlgani bilan ishsiz ekani, yana 62 nafari daromadini kamaytirib koʻrsatayotgani aniqlangan.

Prezident murojaatlar bilan ishlashda joriy etiladigan yangi tizim qanday boʻlishini Qarshi shahri misolida tushuntirib bergan. Bu holatda oʻtgan yili Xalq qabulxonasiga Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan 11 mingta murojaat tahlil qilingan.

Endi shahar soliq inspeksiyasi Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini "soyadan" chiqaradi.

Bu jarayonda hokimlik, banklar va hokim yordamchilari, shahar bandlik va MIB boʻlimlari birgalikda ishlab, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qiladi, ishsizlarni hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant oʻrinlarga joylashtiradi. Xorijda ishlash istagida boʻlgan aliment toʻlovchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzib, til va kasbga oʻrgatib, xorijga yuqori daromadli ishlarga yuboradi.

Shunda aliment toʻlovchilar qaramogʻida boʻlgan 700 ga yaqin bolaning moddiy taʼminoti oʻzgaradi.

Aliment toʻlamaslik yoki daromadiga nisbatan kam summa toʻlash uchun haqiqiy daromadini yashirish avj olib ketgandi. Bunga hatto madaniyat sohasi vakillari ham oʻrganib olgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid