platina.uz
Jamiyat

33 mingga yaqin fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

Fuqarolarning Vatanga qaytarilishi boʻyicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati davom etmoqda.

33 mingga yaqin fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

13 mart kuni soat 07:00 holatiga koʻra, Yaqin Sharq mamlakatlaridan Oʻzbekistonning 32934 nafar fuqarosi Vatanga qaytarilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 12 mart kuni Qatardagi elchixona tomonidan 49 nafar fuqaro BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazilib, soʻngra Toshkentga uchgan. Ayni paytda navbatdagi fuqarolar guruhi shakllantirilib, ularning Doha shahridan Dubay orqali Oʻzbekistonga qaytishi masalalari ishlab chiqilmoqda.

BAAdagi diplomatik vakolatxonalar koʻmagida 147 nafar fuqaro Toshkentga uchib ketgan. Erondagi elchixona tomonidan 5 nafar fuqaro qoʻshni davlatlar hududi orqali chiqib ketgan. Isroildan esa 4 nafar fuqaro Misr orqali Oʻzbekistonga qaytgan.

Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Jidda shahridagi bosh konsulxonasi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda charter reyslari orqali 2735 nafar fuqaro Vatanga qaytgan va mazkur mamlakatda evakuatsiya tadbirlari yakunlangan.

Oʻzbekiston fuqarolarining Vatanga qaytarilishi boʻyicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid