platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonlik ayol Nyu-Yorkdagi YTHda vafot etdi

Hodisa shahar transport departamentining yuk mashinasi ishtirokida sodir boʻlgan. Fevral oyida 11 yoshli oʻzbekistonlik Amira Aminova ham vafot etgandi. 

Oʻzbekistonlik ayol Nyu-Yorkdagi YTHda vafot etdi

AQShdagi YTHda yana bir Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi.

Joriy yilning 10 mart kuni Nyu-York shahrida yana bir yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Natijada Oʻzbekiston fuqarosi Nilufar Komilova vafot etdi. Maʼlumotlarga koʻra, hodisa Nyu-York shahar transport departamentining yuk mashinasi ishtirokida sodir boʻlgan.

Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi hodisa sabab taʼziya bildirdi. Maʼlum boʻlishicha, Komilova ikki farzandning onasi edi.

Bosh konsulxona marhumaning oilasi bilan doimiy aloqada boʻlib, zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qilgan.

Shu yil fevral oyida Nyu-Yorkdagi yoʻl-transport hodisasi oqibatida 11 yoshli oʻzbekistonlik Amira Aminova ham vafot etgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid