platina.uz
Jamiyat

OAV: Qozogʻistonga aloqador xakerlar Oʻzbekistondagi vazirlik va hokimliklarga hujum qilgan

Tadqiqotchilar Qozogʻistondan kelib chiqqan deya taxmin qilingan Yorotrooper guruhiga tegishli yangi josuslik kampaniyalari haqida xabar berishdi. 

OAV: Qozogʻistonga aloqador xakerlar Oʻzbekistondagi vazirlik va hokimliklarga hujum qilgan

Qozogʻistonga aloqador hakerlar Oʻzbekistonning viloyat hokimliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Suv xoʻjaligi vazirligiga hujum qilgani aytildi.

Kiberxavfsizlik sohasida dunyoning yetakchi tadqiqot markazlaridan biri — VMRay tadqiqotchilari Qozogʻistondan kelib chiqqan deb taxmin qilingan Yorotrooper guruhiga tegishli yangi josuslik kampaniyalari haqida xabar berishdi.

​Mutaxassislarning fikriga koʻra, hujumlar Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlari, shuningdek, Rossiyaga taʼsir koʻrsatgan.

​Hydra Saiga deb nomlangan aniqlangan kampaniyalardan biri suv resurslarini boshqarish va energetika bilan shugʻullanadigan agentliklar va tashkilotlarga qaratilgan edi.

​Hisobotga koʻra, shubhali nishonlar orasida quyidagilar bor edi:

-​Qirgʻizistondagi gidroelektrstansiya operatori va suv resurslari agentligi;

-​Oʻzbekiston mintaqaviy maʼmuriyati, ilmiy-tadqiqot instituti va Suv resurslari vazirligi;

-​Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi.

​Bundan tashqari, tadqiqotchilar hujumlar Rossiyadagi ikkita suv taʼminoti kompaniyasiga ham qaratilgan boʻlishi mumkinligini daʼvo qilmoqdalar, ammo bu hodisalar tafsilotlari oshkor qilinmagan.

​VMRay maʼlumotlariga koʻra, ushbu kampaniyadagi faollik 2024 yil sentabridan 2025 yil martigacha kuzatilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid