platina.uz
Jahon

Eron prezidenti urushni tugatishning shartlarini aytdi

Buning uchun Eronga tovon puli toʻlanishi va xavfsizlik kafolatlari taqdim etilishi lozim. 

Eron prezidenti urushni tugatishning shartlarini aytdi

Eron prezidenti Maʼsud Pezeshkiyon tinchlik sharti haqida gapirdi.

"Yaqin Sharqda tinchlikka erishish uchun Eronga tovon puli toʻlanishi va xavfsizlik kafolatlanishi kerak", deb yozdi Pezeshkiyon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

"Sionist rejim va Qoʻshma Shtatlar tomonidan boshlangan bu urushni tugatishning yagona yoʻli Eronning qonuniy huquqlarini tan olish, tovon puli toʻlash va kelajakdagi tajovuzga qarshi qatʼiy xalqaro kafolatlar berishdir", dedi u.

Pezeshkiyon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy bilan suhbatlashganini va Eronning mintaqada tinchlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqlaganini aytdi.

Avvalroq AQSh Eronga qarshi urushning ikki kunida oʻq-dorilarga 5,6 mlrd dollar sarflagani aytilgandi.

Tramp maʼmuriyati yaqin kunlarda Kongressga harbiy kampaniyani qoʻllab-quvvatlash uchun "oʻnlab milliard dollar" soʻrab soʻrov yuborishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid