platina.uz
Jamiyat

Elektr, issiqlik, gazga oʻzboshimchalik bilan ulanish uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Buning uchun fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinishi mumkin. 

Elektr, issiqlik, gazga oʻzboshimchalik bilan ulanish uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi.

Qonun (OʻRQ–1121-son, 11.03.2026 y.) bilan Jinoyat kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish:

  • fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish:

  • BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda belgilangan.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etganlik:

  • BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid