platina.uz
Jamiyat

Turkiyada yana bir oʻzbekistonlik ayol jasadi topildi

Tekshiruvlarda u 46 yoshli Dilafroʻz Choʻlliyeva ekani tasdiqlandi. Mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 4 nafar shaxs qoʻlga olingan. 

Turkiyada yana bir oʻzbekistonlik ayol jasadi topildi

Istanbuldagi oʻrmon hududidan oʻzbekistonlik ayol jasadi topildi.

Joriy yilning 6 mart kuni Turkiya hududida oʻldirilgan va maʼlum vaqt davomida qidiruvda boʻlgan, asli samarqandlik 46 yoshli Dilafroʻz Choʻlliyevaning jasadi Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligi koʻmagida Oʻzbekistonga qaytarildi.

Maʼlum qilinishicha, Dilafroʻz Choʻlliyeva 2026 yil 25 yanvar kuni Turkiyaning Balikesir hududidagi ish joyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketgan va bedarak yoʻqolgan. Shu munosabat bilan uning oʻgʻli Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali murojaat yoʻllagan.

Mazkur murojaatdan soʻng, Oʻzbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga tegishli nota yuborildi hamda Turkiya Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda qidiruv ishlari yoʻlga qoʻyildi.

Anqaradagi Elchixona va Istanbuldagi Bosh konsulxona, diaspora tashkilotlari, advokatlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan qidiruv ishlari olib borildi.

2026 yil 28 fevral kuni Balikesir tumanidagi oʻrmon hududidan shaxsi nomaʼlum jasad topildi.

Jasad uzoq vaqt davomida qolib ketganligi sababli tashqi koʻrinishidan aniqlash imkoni boʻlmagan. Shu bois topilgan jasad va marhumaning oʻgʻlidan qon namunalarini olish orqali tibbiy solishtiruv (DNA) tekshiruvlari oʻtkazildi va jasad Dilafroʻz Choʻlliyevaga tegishli ekani tasdiqlandi.

Mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 4 nafar shaxs qoʻlga olingan boʻlib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avval Istanbulda Sayyora Ergashaliyeva va Durdona Hakimovaning jasadi topilgandi. Bu yil boshidan buyon kuzatilgan uchinchi holat sanaladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid