platina.uz
Jamiyat

Qirgʻizistonga 2,1 mlrd soʻmlik oltinni yashirincha olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

"Vodil-avto" chegara bojxona postiga kirib kelgan "Damas" tekshiruvdan oʻtkazilgan. 

Qirgʻizistonga 2,1 mlrd soʻmlik oltinni yashirincha olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Qirgʻizistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd soʻmlik oltin quymalar toʻxtatib qolindi.

Tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Jumladan, Fargʻona tumanida yashovchi, 1996 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Qirgʻiz Respublikasiga chiqish maqsadida “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshiruvdan oʻtkazildi.

Natijada, avtomashina kuzov qismining ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, ularning sof ogʻirligi 1 kg 232 gr boʻlib, umumiy bahosi 2 mlrd 182 mln 466 ming soʻmni tashkil etadi.

Holat yuzasidan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid