platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondan BAA va Saudiya Arabistoniga aviaparvozlarga ruxsat berildi

Tegishli ruxsat 10 martdan boshlab amal qilishi belgilangan. 

Oʻzbekistondan BAA va Saudiya Arabistoniga aviaparvozlarga ruxsat berildi

Transport vazirligi Oʻzbekiston hududidan BAA va Saudiya Arabistoniga ikki tomonlama yoʻlovchi tashishni tashkil etishga ruxsat berdi.

Ruxsat 10 martdan boshlab amal qilishi belgilangan. Bu haqda vazirlikning Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi milliy va xorijiy aviakompaniyalarga yuborilgan xatida aytiladi.

Taʼkidlash kerakki, parvozlarga Eron atrofidagi vvaziyat keskinlashgach cheklovlar kiritilgandi. 1 mart kuni Umra safarlari vaqtincha kechiktirilgani maʼlum boʻldi.

Keyinchalik minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharq mamlakatlaridan qaytarildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid