platina.uz
Siyosat

Olimjon Umarov Bosh vazir kotibiyati rahbarining oʻrinbosari boʻldi

Bunga qadar u raqamli texnologiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Olimjon Umarov Bosh vazir kotibiyati rahbarining oʻrinbosari boʻldi

Olimjon Umarov Vazirlar Mahkamasida masʼul lavozimni egalladi.

Umarov Olimjon Muhammadjonovich Bosh vazir kotibiyati rahbarining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u raqamlashtirish masalalari boʻyicha raqamli texnologiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Olimjon Umarov Milliy universitet (2007) va Janubiy Koreyaning Songyungvan universitetini (2017) tamomlagan. 2006−2012 yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida turli lavozimlarda ishlagan. 2012 yilda OʻzMAA Axborot tizimlari va axborot resurslari boʻlimiga rahbarlik qilgan. 2012−2017 yillarda vazirlikning AKT departamentini boshqargan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid