platina.uz
Siyosat

Makron Oʻzbekistonni Yevropa uchun muqobil uran yetkazib beruvchi deb atadi

Parijda boʻlib oʻtgan Xalqaro yadro energiyasi sammitida nutq soʻzlagan Fransiya rahbari Yevropa Rossiya uraniga qaramligicha qolayotganini aytib, boshqa hamkorlar bilan aloqani kengaytirishga chaqirdi. 

Makron Oʻzbekistonni Yevropa uchun muqobil uran yetkazib beruvchi deb atadi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropaga uran yetkazib berishni diversifikatsiya qilish zarurligi haqida gapirdi. U Oʻzbekistonni Rossiya uraniga qaramlikni kamaytirishga qodir davlatlardan biri deb atadi.

Parijda boʻlib oʻtgan Xalqaro yadro energiyasi sammitida soʻzlagan Fransiya rahbari Yevropa Rossiya uraniga qaramligicha qolayotganini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, energiya xavfsizligini taʼminlash uchun boshqa xom ashyo ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni kengaytirish juda muhimdir.

Makron Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston, Kanada va Avstraliyani muqobil yetkazib beruvchilar sifatida atadi.

Prezident yadro energiyasi energiya mustaqilligi, dekarbonizatsiya va iqtisodiy oʻsishning kaliti boʻlib qolishini taʼkidladi. Shuningdek, u milliy yadro xavfsizligi idoralari oʻrtasida yaqin hamkorlikka va yagona sanoat standartlarini ishlab chiqishga chaqirdi.

Makronning soʻzlariga koʻra, Fransiyada yadro energiyasini rivojlantirish boʻyicha yangi qarorlar yaqin kunlarda Parijda boʻlib oʻtadigan Yadro siyosati kengashi yigʻilishida muhokama qilinadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid