platina.uz
Jamiyat

Kadastr agentligi boʻlim inspektori qoʻlga olindi

U fuqarodan yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ushbu hujjatlarni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi. 

Kadastr agentligi boʻlim inspektori qoʻlga olindi

Kadastr xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani boʻlimi bosh inspektori oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 1975 y.t. fuqaroning ishonchiga kirgan. U oʻzining mansabdor tanishlari orqali uning yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ushbu hujjatlarni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor 1000 AQSh dollari va 6 mln 50 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qirgʻizistonga 2,1 mlrd soʻmlik oltinni yashirincha olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxs ushlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid