Forbes: Tramp prezident boʻlgandan soʻng 1,4 mlrd dollarga boyidi
AQSh rahbarining boyligi hozirda jami 6,5 mlrd dollarni tashkil etadi. U kriptovalyuta operatsiyalari orqali muvaffaqiyatga erishgan.

Tramp ikkinchi muddatga kirishgandan buyon 1,4 mlrd dollarga boyidi.
Forbes maʼlumotlariga koʻra, AQSh prezidenti Donald Trampning boyligi hozirda 6,5 milliard dollarni tashkil etadi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, Amerika yetakchisining boyligi ikkinchi muddati boshlanganidan beri 1,4 milliard dollarga oshgan.
Donald Tramp hozirda Forbesʼning dunyo milliarderlari roʻyxatida 645-oʻrinni egallab turibdi. 2025 yilda u 700-oʻrinni egallagan.
"Forbesʼning dunyo milliarderlarining soʻnggi roʻyxatiga koʻra, prezidentning boyligi hozirda 6,5 milliard dollarni tashkil etadi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 1,4 milliard dollarga koʻp", deb yozadi nashr.
Amerika yetakchisi oʻzining muvaffaqiyatiga "katta kriptovalyuta bitimlari" tufayli erishgan. Oʻtgan yil davomida u World Liberty Financial tomonidan chiqarilgan kriptovalyuta tokenlarini sotishdan taxminan 550 million dollar daromad olgan. Ushbu loyiha uning oilasi tomonidan 2024 yil sentabr oyida boshlangan.
Forbesʼning hisob-kitoblariga koʻra, u Aryam Invesment aksiyalarining bir qismini sotishdan yana 200 million dollar olgan.
