Azizxon Shavkatov Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
U avval poytaxt Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Toshkent shahar hokimiga oʻrinbosar tayinlandi.
Shavkatov Azizxon Anvarbek oʻgʻli Toshkent shahar hokimining Turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Azizxon Shavkatov Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Mirmuhammad Mirhamidov Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangandi.
