platina.uz
Jamiyat

AQSh hukumati 72 oʻzbekistonlikni deportatsiya qildi

Qoʻshma Shtatlar deportatsiya tadbirlarini oʻtkazishda hamkorlik qilayotgani uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi. 

AQSh hukumati 72 oʻzbekistonlikni deportatsiya qildi

AQSh hukumati 72 oʻzbekistonlikni deportatsiya qildi. Bu haqda Toshkentdagi AQSh elchixonasi xabar berdi.

11 mart, chorshanba kuni Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirdi.

Undv mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega boʻlmagan 72 nafar Oʻzbekiston fuqarosini qaytarib yubordi.

"Ushbu parvoz Qoʻshma Shtatlarning oʻz chegaralari xavfsizligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari doirasidagi navbatdagi tadbirlardan biridir.

Prezident Tramp lavozimga kirishganidan buyon Qoʻshma Shtatlar noqonuniy immigratsiyaga chek qoʻyishga hamda oʻz chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qaratilgan oʻz majburiyatlari doirasida 1000 dan ziyod Oʻzbekiston fuqarosini deportatsiya qildi", deyiladi xabarda.

Qoʻshma Shtatlar hududiga noqonuniy kirgan shaxslar qamoq jazosiga tortiladi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Qoʻshma Shtatlar AQShning deportatsiya tadbirlarini oʻtkazishda yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun Oʻzbekiston hukumatiga oʻzining chuqur minnatdorligini bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid