platina.uz
Iqtisod

Prezidentga neft va gaz sohasidagi holat boʻyicha hisobot berildi

Yil boshidan buyon 11 ta yangi quduq ishga tushirilgan, 20 ta quduqda taʼmirlash ishlari bajarilgan. 

Prezidentga neft va gaz sohasidagi holat boʻyicha hisobot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft va gaz sohasida belgilangan vazifalar ijrosining holati yuzasidan hisobot berildi.

Maʼlumki, joriy yilning 30 yanvar kuni “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish, uglevodorod zaxiralarini kengaytirish va tarmoqni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangandi. 23 fevral kuni esa ushbu topshiriqlarning dastlabki ijrosi koʻrib chiqilib, qator qoʻshimcha topshiriqlar berilgan edi.

Bugungi taqdimotda mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayoni yana bir bor tahlil qilindi.

Neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi konlarni aniqlash, mavjud quduqlar samaradorligini oshirish va qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirishga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Bu borada soha rahbarlarining joriy yil boshidan 3D seysmik qidiruv ishlari 471 kvadrat kilometr hajmda amalga oshirigani, 11 ta yangi quduq ishga tushirilgani, 20 ta quduqda taʼmirlash ishlari bajarilgani va 5 ta texnologik tadbir amalga oshirilgani toʻgʻrisidagi maʼlumoti koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, sohada operatsion samaradorlikni oshirish, korxonalarning xarajatlarini maqbullashtirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash boʻyicha ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari belgilangan vazifalar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar ijrosini aniq hisob-kitob va qatʼiy intizom asosida taʼminlashni davom ettirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid