platina.uz
Jamiyat

Jasur Tursunov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jasur Tursunov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi

Jasur Tursunov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi.

Bugun xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

Sessiyada deputatlar Tursunov Jasur Sanjarovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Jasur Tursunov - 1979 yil Kasbi tumanida tugʻilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifasida ham ishlagan.

Qarshi tumanini shu paytgacha Zoyir Aliqulov boshqarib kelayotgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid