platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada suv taʼminoti xodimini kaltaklagan shaxs ushlandi

Xodim xonadonlardan birida suv taʼminoti holatini oʻrganish davomida roʻyxatdan oʻtkazilmagan hisoblagich mavjudligini aniqlagan. 

Fargʻonada suv taʼminoti xodimini kaltaklagan shaxs ushlandi

Fargʻonada suv taʼminoti xodimini kaltaklagan shaxs qoʻlga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan suv taʼminoti xodimi kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 9 mart kuni “Fargʻona suv taʼminoti” MChJning Oʻzbekiston tumani filiali inspektori D.S. tumandagi Sochtepa koʻchasida joylashgan xonadonlardan biriga borgan. Ushbu xonadonda suv taʼminoti holatini oʻrganish davomida roʻyxatdan oʻtkazilmagan hisoblagich mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima qoʻllanilishi haqida maʼlum qilingan vaqtda ushbu xonadonda yashovchi fuqaro Fazliddin Pardayev xizmat vazifasini bajarayotgan inspektor D.S.ga qarshilik qilib, janjallashgan. Janjal davomida F.Pardayev oʻsha yerda boʻlgan yogʻoch boʻlagi bilan inspektor D.S.ning bosh qismiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchi F.Pardayev protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid