Bugundan metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritiladi
Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga boʻlgan talab ortgan.

Havo harorati pasayishi sababli 10 mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga boʻlgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.
Bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, bugun, 10 mart kuni soat 16:00 dan boshlab Respublikadagi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.
Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini barqaror gaz taʼminoti bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha obʼektlariga xizmat koʻrsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz taʼminoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi, deyiladi vazirlik xabarida.
