platina.uz
Jamiyat

Yashnobodda hokim yordamchisi va hokimiyat boʻlinma rahbari qoʻlga olindi

Ular yashash xonadonini noturar joy toifasiga oʻtkazib berish evaziga pul talab qilgan. 

Yashnobodda hokim yordamchisi va hokimiyat boʻlinma rahbari qoʻlga olindi

Tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Yashnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va qambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning koʻp qavatli uyning 1-qavatidagi turar joy xonadonini noturar joy toifasiga oʻtkazishga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish va tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻmaklashish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokim yordamchisi fuqaroning ishini Yashnobod tuman hokimiyati boʻlinma rahbari koʻmagida hal qilishi kerakligi maʼlum boʻlib, tezkor tadbir davom ettirildi va ushbu mansabdor shaxs 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan qoʻlga tushgandi.

U OTM filialini ochish boʻyicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga pora soʻragan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid