platina.uz
Jamiyat

Angrenda maktab oʻquvchisi daydi it talashi oqibatida vafot etdi

Ayni paytda shahar va butun Toshkent viloyati hududida daydi hayvonlarni nazorat qilish, ularni tutish hamda belgilangan maxsus joylarda saqlash ishlari kuchaytirilgan. 

Angrenda maktab oʻquvchisi daydi it talashi oqibatida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Angren shahrida maktab oʻquvchisini daydi it talagani va natijada oʻquvchi ogʻir jarohatlar oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent viloyati hokimligiga koʻra, hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda shahar va viloyat hududida daydi hayvonlarni nazorat qilish, ularni tutish hamda belgilangan maxsus joylarda saqlash ishlari kuchaytirildi.

Chora-tadbirlar natijasida oʻquvchi bolani talagan it ham Angren shahar obodonlashtirish boʻlimi daydi hayvonlarni tutish guruhi tomonidan tutildi va akt tuzilib, maxsus saqlash joyiga olib borildi.

Shuningdek, kuni kecha viloyat hokimligi masʼullari ishtirokidagi shoshilinch muhokamada mutasaddi tashkilotlar — obodonlashtirish xizmati, veterinariya boʻlimi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati hamda boshqa masʼul idoralarga tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Xususan, aholi xavfsizligini taʼminlash, daydi hayvonlarni tutish va zararsizlantirish, kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Mazkur masala alohida nazoratga olingan boʻlib, jamoatchilik xavfsizligini taʼminlash borasida barcha zarur choralar koʻriladi, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid