Toshkentda kanal qirgʻoqlarini mustahkamlash va sayilgoh uchun salkam yarim mlrd soʻm ajratiladi
Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori eʼlon qilindi.

Toshkent kanal qirgʻoqlarini mustahkamlash va bogʻ uchun salkam yarim mlrd soʻm ajratiladi.
“Katta Tolariq” kanalning 1-bosqichi Mirobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasidan Yangi Qoʻyliq koʻchasigacha boʻlgan 1,91 km qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish ishlarini amalga oshiriladi. Bu haqda 6 mart kuni Toshkent shahar hokimi qarori eʼlon qilindi.
Obʼektda loyihalash va qurilish ishlarini olib borish boʻyicha buyurtmachi etib – Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilandi. Mazkur obʼektning loyihalash ishlari uchun 490,0 mln soʻm mablagʻ oʻtkazib beriladi.
Qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining qurilish, toʻsiqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov zimmasiga yuklangan.
