platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi

Respublika shimolida harorat kechalari 7-10 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. 

Oʻzbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi

Oʻzbekistonda yaqin kunlarda havo harorati pasayishi kutilyapti. Bu haqda "Oʻzgidromet" xabar berdi.

Joriy yilning 9-12 mart kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

9-11 martda Oʻzbekiston boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-12-mart kunlari havo harorati: respublika shimolida kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha, qolgan hududlarda 11-12-martda: kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid