Xorijiy avtotransportlarning faqat old yon oynalari tusi oʻzgartirilganligi uchun yigʻim toʻlanadi
Ushbu transportlarni Oʻzbekistonga vaqtincha kirishida (tranzit oʻtishida) old, orqa yoki orqa yon oynalari tusini oʻzgartirganlik uchun yigʻim toʻlash bekor qilinadi.

Xorijiy davlat avtotransportlarining faqat old yon oynalari tusi oʻzgartirilganligi uchun yigʻim toʻlanadi.
Adliya vazirligi Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3091-1, 04.03.2026 y.).
Unga koʻra, xorijiy davlat avtotransportlarini Oʻzbekistonga vaqtincha kirishida (tranzit oʻtishida) old, orqa yoki orqa yon oynalari tusini oʻzgartirganlik uchun yigʻim toʻlash bekor qilinib, faqat old yon oynalarining tusi oʻzgartirilganligi uchun yigʻim toʻlanishi belgilandi.
Xorijiy fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida yigʻimlarni bojxona postidagi bank kassalaridan tashqari “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladigan QR-kod yordamida onlayn toʻlash imkoniyati yaratildi.
