Sherzodxon Qudratxoʻja Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi
U mazkur lavozimni 2022 yilda egallagan edi.

Sherzodxon Qudratxoʻja Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi.
U mazkur lavozimni 2022 yilda egallagan edi.
Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi – 2003 yilda tashkil etilgan va mamlakatning ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan nodavlat notijorat tashkilot sanaladi. U media sanoatini rivojlantirish, jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash hamda turli taʼlim va kasbiy loyihalarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi.
