Odiljon Tojiyev Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi etib saylandi
U davlat boshqaruvi tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida ishlagan.

Odiljon Fotihjon oʻgʻli Tojiyev Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi etib saylandi.
Odiljon Tojiyev davlat boshqaruvi tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Jumladan, u Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasi Spikerining raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida koʻp yillar ish olib borgan.
U jamoatchilik bilan faol ishlaydigan, OAV sohasidagi qonunchilikni chuqur biladigan, axborot siyosati va raqamli rivojlanish yoʻnalishlarida katta tajribaga ega mutaxassis sifatida tanilgan.
Eslatib oʻtamiz, avval mazkur vazifada Sherzodxon Qudratjoʻja ishlab kelgandi.
