platina.uz
Jamiyat

Malayziya va Indoneziyadan olib kelingan sayyohlar uchun subsidiya beriladi

Ular Umra safariga ketayotgan yoki qaytayotgan boʻlishi va Oʻzbekistonda kamida uch kecha qolishi kerak. 

Malayziya va Indoneziyadan olib kelingan sayyohlar uchun subsidiya beriladi

“Umra plyus” dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan olib kelingan sayyohlar uchun mahalliy turoperatorlarimizga 100 AQSh dollar subsidiya beriladi.

Adliya vazirligi “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 3784, 04.03.2026 y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Unga koʻra, Malayziya va Indoneziyadan umra ziyoratiga yoʻl olgan yoki undan qaytayotgan har bir sayyoh uchun mahalliy turoperatorlarga 100 AQSh dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish istagida boʻlgan talabgorlar (turoperatorlar) Turizm qoʻmitasiga quyidagi tartibda murojaat qilishlari mumkin:

- Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali;

- YIDXP (my.gov.uz) orqali.

Subsidiya olish uchun ariza topshirish va ularni koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.

Ariza Turizm qoʻmitasi tomonidan 10 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga 5 ish kunida pul mablagʻlari oʻtkazib beriladi.

Quyidagi sayyohlar uchun subsidiya beriladi:

- Malayziya yoki Indoneziyadan boʻlishi;

- Saudiya Arabistoniga umra safariga ketayotgan yoki qaytayotgan boʻlishi;

- Oʻzbekistonda kamida 3 kecha tunab qolgan boʻlishi kerak.

Subsidiyalar 2026 yil 31 dekabrga qadar ajratiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid