platina.uz
Jamiyat

Koʻp kvartirali uylarni qurishda qator tamoyillar joriy etiladi

Toshkent shahrida yashil hududlarni kengaytirish, har bir tumanda bittadan ekobogʻ barpo etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi. 

Koʻp kvartirali uylarni qurishda qator tamoyillar joriy etiladi

Koʻp kvartirali uylarni barpo etishda kompleks qurilish tamoyillari joriy etiladi.

“Koʻp kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–73-son, 24.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2026 yil 1 martdan 2028 yil 1 martga qadar eksperiment tariqasida belgilangan yer uchastkalarida koʻp kvartirali uylarni kompleks qurilish mexanizmlari asosida qurishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–29-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari tegishli hududlarda kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun masʼul tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.

Hududlarda yashil bogʻlar, ekopark va xiyobonlarni barpo etish Investitsiya kompaniyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi, bunda:

- mazkur maqsadlar uchun tegishli hududlarda davlat mulki obʼektlari va yer uchastkalarini sotishdan mahalliy byudjetga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi, shuningdek, mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalarining kamida 5 foizi maqsadli yoʻnaltirilishi koʻzda tutiladi;

- Toshkent shahrida yashil hududlarni kengaytirish, har bir tumanda bittadan ekobogʻ barpo etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

2027 yil 1 yanvardan koʻp kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda “Shaffof qurilish” tizimida beriladigan ruxsatnoma “Uy-joy” yagona raqamli urbanizatsiya platformasida idoralararo integratsiya asosida avtomatik ravishda shakllanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid