platina.uz
Jamiyat

Ichki isteʼmoldagi mahalliy dorilar ulushi 70 foizga yetkaziladi

Hokimlarda hududidagi farmatsevtika korxonalari bilan gaplashib, ular koʻtargan masalalarga yechim topadigan tizim yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi. 

Ichki isteʼmoldagi mahalliy dorilar ulushi 70 foizga yetkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

“Tibbiyotdagi keng koʻlamli islohotlarimiz, birlamchi boʻgʻinda profilaktikaning kuchaytirilishi kasalliklarni davolash bilan birga uning oldini olishga qaratilgan preparatlarni koʻpaytirishni taqozo etmoqda”, – dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, mutasaddilar oldida bu yil sohaga kamida 1 milliard dollar investitsiya olib kelish, sifatni oshirish va xorijiy yetuk farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali ichki isteʼmoldagi mahalliy dorilar ulushini 2030 yilgacha 70 foizga yetkazish, kelgusi besh yilda eksportni 1 milliard dollarga olib chiqish vazifalari turgani qayd etildi.

Bu borada 100 dan ziyod ishlab chiqaruvchilar, 50 dan ortiq importchilar, 300 ga yaqin ulgurji va chakana savdo korxonalari, investorlar bilan sohadagi masalalar muhokama qilindi, bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida katta qaror loyihasi tayyorlandi.

Shunday boʻlsa-da, hokimlarda hududidagi farmatsevtika korxonalari bilan gaplashib, ular koʻtargan masalalarga yechim topadigan tizim yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid