platina.uz
Jamiyat

Haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar kameralar yordamida aniqlanadi

Yoʻllarda oʻrnatilgan kameralar haydovchilarning yuzini identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega. 

Haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar kameralar yordamida aniqlanadi

Endi haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar avtomashina boshqarsa, holat kameralar tomonidan aniqlanadi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Yoʻllarda oʻrnatilgan kameralar haydovchilarning yuzini identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega.

Bu huquqbuzarlik uchun 1 marotaba BHM ning 50 baravari jarima, 2 marotaba shu holat takrorlansa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllanilishi mumkin. Aytilishicha, bunday kameralar joriy yilning 23 fevralidan 3 martigacha test rejimida ishlagan va qator shaxslar tegishli hujjatlarsiz mashina boshqargani yoki telefondan foydalangani aniqlangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid