Eron 500 nafar AQSh askari halok boʻlganini maʼlum qildi
Qoʻshma Shtatlar hujumlar boshlanganidan beri qariyb 2 milliard dollarlik harbiy texnika yoʻqotgan.

Eron milliy xavfsizligi Oliy kengashi kotibi Ali Larijoniyning taʼkidlashicha, mamlakat bilan mojaro paytida 500 dan ortiq AQSh askari halok boʻlgan.
"Endi hisoblaylik: 500 dan ortiq AQSh askari halok boʻldi, kim ustun - AQShmi yoki Isroilmi?", deb yozdi Larijoniy X ijtimoiy tarmogʻida.
AQSh va Isrril birgalik esa 680 nafardan oshiq askar yoʻqotgan. Shu bilan birga Eronda mingdan oshiq kishi halok boʻldi.
Anadolu xabar berishicha, sunʼiy yoʻldosh tasvirlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Eronga qarshi hujumlar boshlanganidan beri qariyb 2 milliard dollarlik harbiy texnikani yoʻqotgan.
Eslatib oʻtamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Erondagi nishonlarga zarba berishni boshladilar. Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy nishonlariga zarbalar berish bilan javob qaytarmoqda.
